Rossiyadagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Penza viloyatidagi YTH oqibatida uch kishi voqea joyida halok bo‘lib, ikki kishi tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.
Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar YTHga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi YTH 10-noyabr kuni soat 4:00 larda Penza viloyatidagi M-5 federal trassaning 738-kilometrida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida uch kishi voqea joyida halok bo‘lib, ikki kishi tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.
Halok bo‘lganlarning bir nafari O‘zbekiston fuqarosi, qolgan ikki nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda.
Turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan ikki kishi ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, ularga Penza viloyati Kuznetsk tumanlararo shifoxonasida yordam ko‘rsatilmoqda.
Xabarda aytilishicha, holat O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi nazoratiga olingan bo‘lib, tegishli muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mahalliy mas’ul vakolatli organlar bilan halok bo‘lganlarni vatanga qaytarish, shuningdek, jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatilishini Bosh konsulxona va Tashqi mehnat migratsiyasi agnetligi vakillari o‘z nazoratiga olgan.
Penza viloyati davlat transport inspeksiyasi ma’lumotida keltirilishicha, YTH “KamAZ” yuk mashinasi va Cobalt avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan. 1996-yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi hamda 1980 va 1965-yilda tug‘ilgan ikki yo‘lovchi erkak voqea joyida halok bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan ayol yo‘lovchi va yana bir erkak yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Toshkentda Cobalt YTHga uchradi Toshkentda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayol qamaldi Andijonda piyoda ayolni Damas urib ketdi