
Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi
17 Aprel 2025, 17:43Rossiyada 5-aprel kuni oʻzbekistonlik migrant qurilish paytida binoning fasad konstruksiyasidan yiqilib halok boʻldi, deb yozadi 78RU.
Hodisa soat 10:00 atrofida Tipanov koʻchasida sodir boʻlgan. Erkak binoning fasad konstruksiyalarini montaj qilish ishlarini bajarayotganda 23-qavat balandligidan yiqilib tushgan. Marhum 67 yoshli oʻzbekistonlik boʻlib chiqdi.
Maʼlum qilinishicha, ishchining xavfli ishlarni bajarish uchun tegishli malakasi boʻlmagan. Shuningdek, uning yonida sugʻurta aloqasi yoʻq edi. Hodisa tafsilotlari Tergov qoʻmitasi va Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlanmoqda.