Rossiyadagi o‘zbekistonliklar Federatsiya qonunlarini buzmaslikka chaqirildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.
Rossiyadagi o‘zbekistonliklar o‘zlarining bank karta va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini ishonchsiz shaxslarga bermaslik bo‘yicha ogohlikka chaqirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Voronejdagi “Pyatyorochka”, Tuladagi “Meros grupp” korxonalarida va Moskva hamda Nijnevartovskda ishlayotgan yurtdoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda mamlakatda xorijda ishlayotgan fuqarolar, ularning oila a’zolari uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, qonuniy mehnat migratsiyasining afzalliklari haqida ma’lumot berildi.
Fuqarolar Rossiya qonunlarini buzmaslik, o‘zlarining bank karta va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini ishonchsiz shaxslarga bermaslik bo‘yicha ogohlikka chaqirildi.
Shuningdek, Tuladagi “Fresh” korxonasi rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha mehnat faoliyatiga jalb qilish, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qarovsiz qolgan oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun asosan qaysi davlatga ko‘chib ketayotgani aytildi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak urib ketgan piyoda vafot etdi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi