Rossiyada vulqon uygʻonishi ortidan aviaxavfning “qizil kod” darajasi eʼlon qilindi
Kamchatka yarimorolida uyg‘ongan Shiveluch vulqonining kuli dengiz sathidan 8 kilometr balandlikka qadar ko‘tarildi.
Rossiyaning Kamchatka yarimorolida uygʻongan Shiveluch vulqonining kuli dengiz sathidan 8 kilometr balandlikka qadar koʻtarildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq vulqonshunoslik va seysmologiya instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, vulqondan otilgan kullar janubi-sharqiy yoʻnalishda 492 kilometrga choʻzilgan, aviaxavfning “qizil kod” darajasi eʼlon qilingan (bu vulqondan atmosferaga koʻp miqdorda kul chiqayotganini bildiradi).
Vulqon faolligi mahalliy va xalqaro aviatashuvlar uchun xavf tugʻdiradi, deyiladi institut xabarida.
Shiveluch — Kamchatkadagi eng shimoliy faol vulqon boʻlib, Ust-Kamchatskiy tumanidagi Klyuchi qishlogʻidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda 5 mingga yaqin aholi yashaydi. Tuman rahbari Oleg Bondarenkoning maʼlum qilishicha, Ust-Kamchatskiyda “1 millimetr qalinlikda kul tushishi kuzatilgan” va u aholiga koʻchaga chiqqanda himoya vositalaridan foydalanishni tavsiya qildi.
Vulqon Kamchatkada 7 magnitudali zilzila sodir boʻlganidan keyin harakatga kelgan. Yer osti silkinishining episentri Petropavlovsk-Kamchatkadan 108 kilometr janubi-sharqda, Tinch okeani hududida joylashgan.
Shaharning oʻzida 6 balli yer osti silkinishlari kuzatildi, deydi gubernator Vladimir Solodov.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus yonib ketdi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tanishini o‘ldirib, jasadini bo‘lakladi Rossiya asal narxini pasaytirish uchun O‘zbekistondan asalari olmoqda