Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi
Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, qiynalgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati
Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari Sankt-Peterburgdagi “Armagan”, Chelyabinskdagi “TSK Noviy vek”, “YevroDom”, “Energoinjiniring” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq vaziyat tubdan o‘zgargani, fuqarolarning chet elda ishlashi uchun sharoitlar yaratish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, kafolatli mehnat bozori bilan ta’minlash, qaytib kelgandan keyingi taqdiriga befarq bo‘lmaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ish beruvchilar bilan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada yurtdoshlarni mazkur korxonalarda ish bilan ta’minlashga kelishib olindi.
Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi Turkiyada hujjat va pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol O‘zbekistonga qaytarildi Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi Ikki oyda xorijda qarovsiz qolgan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi