16 Avgust 2024, 11:59 •Jahon, Oʻzbekiston
Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh bolalar O‘zbekistonga olib kelindi
Ular Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlaridan to‘plangan.
14-avgust kuni Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir guruh O‘zbekiston bolalari vatanga qaytarildi, deya xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, bosh konsulxona ko‘magida Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va Vladivostok shaharlarida qarovsiz qolgan 14 yoshgacha bo‘lgan 8 nafar bola Sibir poytaxtiga to‘plangan.
Konsulxona Rossiya tomonidan zarur hujjatlarni imkon qadar tezroq olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan va bolalarni issiq ovqat bilan ta’minlagan.
Ayni paytda ota-onasi turli sabablarga ko‘ra ularning tarbiyasida ishtirok eta olmagan bolalar O‘zbekistonga sog‘-salomat yetib kelgan, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatdan elektromobil import qilgan? O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan yili 100 tonna oltin qazib olindi
10 Oktabr 2024, 19:24Paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan rais jarimaga tortildi
10 Oktabr 2024, 18:42“O‘zgidromet” sel xavfi borligidan ogohlantirdi
10 Oktabr 2024, 18:10Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori e’lon qilindi
10 Oktabr 2024, 17:35Futbol o‘yini sabab poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopildi
10 Oktabr 2024, 16:58“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
10 Oktabr 2024, 16:25Qiz farzandli boʻlsa, uni axlatga tashlashini aytgan blogerga jinoyat ishi ochildi
10 Oktabr 2024, 15:41IIBB O‘zbekiston–Eron o‘yinidan oldin futbol muxlislarini ogohlantirdi
10 Oktabr 2024, 15:04