3 Oktabr 2024, 11:23 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi

Chaqaloqning ota-onasi u hali 5 oylik davrida hujjatlaridagi muammo sabab, bolani shifoxonada qoldirib ketishga majbur boʻlgan.

Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyada ogʻir ijtimoiy vaziyatda qolib ketgan 8 oylik chaqaloq ota-onasi bagʻriga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bola 5 oylik davrida ota-onasi hujjatlarining muddati tugagani sabab, chaqaloqni shifoxonada qoldirib, Oʻzbekistonga qaytishga majbur boʻlgan. Qaytganidan soʻng ota-ona Buxoro shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaaat qilgan.

Shundan soʻng, Rossiyada ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 8 oylik goʻdak Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻmagi bilan Vatanga, ota-onasi bagʻriga qaytarilgan.

Hozirda “Inson” markazi masʼullari tomonidan oiladagi bir qator muammolarni ijobiy hal etish maqsadida Keys ochilgan boʻlib, keys-menejment asosida ularga bir qator ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatiladi. Bola esa doimiy shifokorlar nazoratidadir, deyiladi agentlik xabarida.

Mashhur yangiliklar