Rossiyada o‘zbekistonlik erkakning o‘limiga sababchi bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi
Rossiyada 45 yoshli o‘zbekistonlik erkakni o‘rmonga tashlab ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi.
Moskva viloyatida O‘zbekistondan kelgan migrantni o‘rmonda unutib qoldirgan ikki politsiyachi sudlanadi. Erkakning jasadi bir necha oydan keyin topildi, deb xabar berdi Mash.
Shu yil may oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari 45 yoshli migrantni mast holda qo‘lga olib, Dubrovo va Zagryajskaya qishloqlari orasidagi o‘rmonga «o‘ziga kelishi uchun» tashlab ketishgan. Ta’kidlanishicha, ular migrantni olib ketish uchun qaytib kelishmagan, oqibatda u o‘rmonda adashib qolgan.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosining yaqinlari uni qidiruvga bergan. Uning qoldiqlari faqat sentabr oyida topilgan – uni hayvonlar yeb ketgan.
Xabarga ko‘ra, jabrlanuvchini oxirgi bo‘lib ko‘rgan kichik leytenant va katta serjant qo‘lga olingan. Politsiya xodimlari ishdan bo‘shatilgani va vakolatlarini suiiste’mol qilgani uchun sudga tortilishni rejalashtirilgani ta’kidlanmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qarovsiz qolib ketgan 3 bola Vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus yonib ketdi Qozonda YTHga uchrab, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti?