Rossiyada o‘zbekistonlik erkak Qirg‘iziston fuqarosini pichoqladi
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik migrant qirg‘izistonlik erkakni pichoqladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak janjal oqibatida Qirg‘iziston fuqarosini pichoqladi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Hodisa 21-avgust kuni Lunacharsk prospektida yuz bergan. Qonga belangan Qirg‘iziston fuqarosini yo‘lda o‘tkinchilar ko‘rib qolgan. Ular darhol tez yordam va politsiyachini chaqirgan. Shifokorlar qirg‘izistonlik migrant ko‘krak qafasi qismidan jarohat olganini aniqlagan. Unga yurak sohasida qon quyilishi tashxisi qo‘yilib, og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Politsiya zudlik bilan gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, 44 yoshli o‘zbekistonlik ishsiz migrantni qo‘lga olgan. U Qirg‘izistondan kelgan 33 yoshli shaxs bilan janjallashib, jabrlanuvchini pichoqlagan va qochishga uringan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatanida sudlangani ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, har ikkala migrant ham migratsiya ro‘yxatida turmaydi va hech qayerda ishlamaydi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi Turkiyada hujjat va pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol O‘zbekistonga qaytarildi Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi Ikki oyda xorijda qarovsiz qolgan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi