Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi
Moskva muftiysi bunda erkak amal qilishi kerak bo‘lgan shartlarni ma’lum qildi.
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi musulmonlarga 4 tagacha shariy nikohga ruxsat berdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Moskva muftiysi Ildar Alyautdinovning xabar berishicha, ulamolar kengashi erning barcha xotinlariga adolatli va teng munosabatda bo‘lishi sharti bilan to‘rttagacha shariy nikoh tuzishga ruxsat bergan.
“Agar turmush o‘rtog‘i sog‘lig‘i tufayli, reproduktiv yoshining tugashi yoki boshqa obyektiv sabablarga ko‘ra, masalan, jinsiy nomuvofiqligi sababli farzand ko‘rishga qodir bo‘lmasa, bunga yo‘l qo‘yiladi”, dedi u.
Bunda nikohda bo‘lgan erkak o‘z xotinini boshqa ayol bilan yangi nikoh tuzish niyati haqida xabardor qilishi kerak.
“Xotinning mavjudligini yashirish mutlaqo mumkin emas. Agar u (ikkinchi xotin) bu haqda xabardor qilinmagan va bunday vaziyatga ko‘nikishga tayyor bo‘lmasa, o‘zining nikohini (islomiy qoidalar bo‘yicha tuziladigan nikoh) bekor qilishni talab etishga haqlidir”, deya qo‘shimcha qildi muftiy.
Yangi diniy nikoh tuzayotganda erkak kishi barcha farzandlarni o‘z qaramog‘iga olishi hamda vasiyatnomani notarial tasdiqlashi lozim bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi Rossiyada qarovsiz qolgan 15 nafar bola vatanga qaytarildi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili ish boshlaydi Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni yoqlab chiqdi