Rossiyada migrantlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanishi mumkin
Rossiyada migrantlarga tibbiyot, ta’lim va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritildi.
“Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu” fraksiyasi tomonidan Davlat Dumasiga mehnat migrantlarining maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiyot va farmatsevtika, yo‘lovchilarni tashish, shuningdek, “o‘rtacha daromaddan yuqori daromad keltiradigan yoki Rossiya fuqarolarining talabi yuqori bo‘lgan faoliyatning ayrim turlari” bilan shug‘ullanishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasi kiritildi. Loyihada migrantlarga kuriyerlik (daromad oyiga 100-120 ming rubldan oshadi) bilan shug‘ullanishni taqiqlash haqidagi band ham bor.
Qonunning tushuntirish xatida ta’kidlanganidek, ta’lim sohasida ishlashni istagan chet el fuqarolari “an’anaviy rus qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish uchun zarur tajriba, qadriyat va madaniy tajribaga ega emas”. Bundan tashqari, qonun loyihasi tashabbuskorlarining fikriga ko‘ra, “faqat o‘z mamlakatida doimiy yashovchi Rossiya fuqarosi» ushbu “an’anaviy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy, madaniy va vatanparvarlik qadriyatlarini” yosh avlodga yetkazishi mumkin.
Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, xorij fuqarolari tibbiyot va farmakologiya sohasida ishlash uchun yetarli tayyorgarlik darajasiga ega emas. Tibbiy va farmakologik xizmatlar sifatiga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil – bu tibbiyot mutaxassisi, farmatsevt va hamkasblar o‘rtasidagi muloqot natijasida yuzaga keladigan dori vositasini to‘g‘ri tashxislash va aniqlash. Xorijliklar buni bajara olishiga shubha bildirilgan.
Deputatlarning fikriga ko‘ra, chet elliklarning tibbiy va farmakologik faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini cheklovchi uchinchi omil – bu “Rossiya fuqarosi javobgarligi darajasiga nisbatan chet el fuqarosining shaxsiy, shu jumladan jamiyat oldidagi javobgarligining past darajasi”.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda YouTube Rossiyada cheklovlarsiz ishlay boshladi Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi Rossiyada migrantlar uy ijaraga olishi qiyinlashadi