Rossiyada IIVga sud qarorisiz xorijliklarni deportatsiya qilish huquqi berildi
Rossiya prezidenti Ichki ishlar vazirligining xorijliklarni sud qarorisiz chiqarib yuborish huquqi haqidagi qonunni imzoladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ichki ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini ayrim huquqbuzarliklar uchun sud qarorisiz mamlakatdan chiqarib yuborish huquqini berish haqidagi qonunni imzoladi.
Qabul qilingan qonunga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari chet el fuqarolarini ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun Rossiyadan deportatsiya qilish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilishi mumkin.
Chet elliklar quyidagi huquqbuzarliklar uchun shu tariqa jazolanishi mumkin:
- giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, tashish, iste’mol qilish va targ‘ib qilish;
- noan’anaviy jinsiy aloqalar va pedofiliyani targ‘ib qilish;
- vijdon va din erkinligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda missionerlik faoliyati;
- jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish;
- stadionlarda o‘zini tutish qoidalarini buzish.
O‘zgartirishlar iyun oyida birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. 23 iyuldagi ikkinchi o‘qishda qonun loyihasiga FXX, Ichki ishlar vazirligi va Chegara xizmati rahbarlari va o‘rinbosarlarining qarori bilan deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan xorijliklarni maxsus hibsxonalarda saqlashning maksimal muddati to‘g‘risidagi nizom kiritildi. Ular 48 soat davomida tergov izolyatoriga joylashtirilishi mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi Rossiyada ichida gandbol muxlislari bo‘lgan avtobus yonib ketdi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi Qozog‘istonda migratsiya nazoratini kuchaytirilmoqda