Rossiyada avtobusdan 32 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi
Leningrad viloyatining Kingisepp tumanida pichoqlangan 32 yoshli o‘zbekistonlik yo‘lovchi avtobusida o‘lik holda topildi.
Rossiyada yo‘lovchi avtobusida 32 yoshli o‘zbekistonlik o‘lik holda topildi. 78.ru xabariga ko‘ra, hodisa Pulkovo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, erkaklar to‘g‘ridan to‘g‘ri avtobusda mushtlashishgan. Ulardan biri ikkinchisining yuragiga pichoq tiqqan. O‘zbekistonlik fuqaro olgan jarohatidan vafot etdi.
19 iyul kuni ertalab politsiya xodimlari avtobus ichida odam pichoqlanganidan xabar topgan. Bir necha soat o‘tgach, tajovuzkor shaxs Bolshoye Kuzemkino qishlog‘idagi vaqtinchalik turar joy shaharchasi hududida qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u yanvar oyida Sankt-Peterburgga kelgan, darhol migratsiya hisobidan o‘tgan va ishlashni rejalashtirgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qotillik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Sud-tibbiyot ekspertizasi xodimlari erkakdan pichoq olib qo‘ydi. Qo‘lga olingan shaxs so‘roq qilinib, so‘ngra vaqtinchalik saqlash izolyatoriga jo‘natildi. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qarovsiz qolgan oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun asosan qaysi davlatga ko‘chib ketayotgani aytildi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak urib ketgan piyoda vafot etdi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi