Rossiyada 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Ular mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Moskva viloyatidagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.
8 avgust kuni O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati Odinsovo shahar okrugidagi boshqarmasida bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Odinsovo shahar okrugidagi 5-politsiya bo‘limida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari noqonuniy ushlab turilganligi haqida video-material tarqatilgan edi.
Tashrif davomida politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi, ular o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingan. Vatandoshlar Moskva viloyati hududida, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlari ma’lum bo‘ldi.
9 avgust kuni ushbu fuqarolar mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Milton” to‘foni sabab AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi Turkiyada hujjat va pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol O‘zbekistonga qaytarildi Rossiyada noqonuniy migratsiya tugatilgani e’lon qilindi Ikki oyda xorijda qarovsiz qolgan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi