4 Sentabr 2024, 09:37 Jahon

Rossiya yana bir davlatda AES qurishni rejalashtirmoqda

“Rosatom” rahbari Aleksey Lixachev Rossiya yana bir davlatda AES qurishni rejalashtirayotganini aytdi.

Rossiya yana bir davlatda AES qurishni rejalashtirmoqda

Rossiya Mongoliyada atom elektr stansiyasini quradi. “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachev loyiha detallari muhokama qilinayotganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Atom elektr stansiyasini Yangi Xarxorum hududida qurish rejalashtirilgan.

Mongoliya uchun kichik AES loyihasining texnik ko‘rinishi amalda tasdiqlandi, deydi Aleksey Lixachev.

Stansiya dastlab Rossiya tashkiloti tomonidan ekspluatatsiya qilinishi ko‘rib chiqilmoqda.

Bahorda Sochidagi “Atomekspo” forumida Mongoliyada kichik modulli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi. Aynan 220 dan 330 megavattgacha bo‘lgan quvvat Mongoliyaning yangi poytaxti Yangi Xarxorum uchun zarur, deya ta’kidladi “Rosatom” rahbari.

U 2-sentyabr kuni “Monatom”, Energetika vazirligi va Mongoliya Xavfsizlik kengashi bilan ko‘p bosqichli muzokaralar o‘tkazilganini ma’lum qildi. Hozirda kadrlar masalasi kun tartibida turibdi.

Mashhur yangiliklar