Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini beradi
Test tizimlarining birinchi to‘plamlari shu hafta yetkazilishi kutilmoqda.
Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun “Vektor” ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan test tizimlari to‘plamlarini yuboradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (“Rospotrebnadzor”) matbuot xizmati xabar berdi.
26-avgust kuni “Rospotrebnadzor” tashabbusi bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar aholisining sanitariya-epidemiologiya farovonligi sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh davlat sanitariya shifokorlari ishtirok etdi. Ishtirok etish uchun Tojikiston va O‘zbekistonning sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari ham taklif etildi.
Yig‘ilishda JSSTning maymunchechak kasalligi bo‘yicha xalqaro favqulodda holat e’lon qilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi. Kengash a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, YeOIIga a’zo davlatlar Tojikiston va O‘zbekistonda maymunchechak kasalligining tarqalish xavfi past deb baholanmoqda.
Yevrosiyo mintaqasining barcha mamlakatlari chegarada sanitariya va karantin nazorati choralarini kuchaytirdi.
Hamkorlar Rossiya tomoniga “Rospotrebnadzor»ning “Vektor” ilmiy muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etish iltimosi bilan murojaat qildi. Test tizimlarining birinchi to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkaziladi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Sanepidqo‘mita: O‘zbekiston aholisining katta qismi maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitetga ega JSST: Tibbiy niqob maymunchechakdan qutqara olmaydi Tojikiston ham maymunchechak sababli chegara nazoratini kuchaytirdi Mpox. O‘zbekiston aeroportlarida nazorat kuchaytirilmoqda JSST mpox’ga qarshi kurashishga oid alohida tavsiyalarni tasdiqladi