15 Noyabr 2024, 16:18 Jahon

Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Hozirda hodisa joyida maxsus ishchi guruh tuzilgan, tergov harakatlari boshlangan.

Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Tojikistondagi Rog‘un gidroelektr stansiyasida (GES) favqulodda hodisa yuz berdi. Avariya oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi. Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat xizmatiga tayanib, AsiaPlus xabar berdi.

Avariya 12-noyabr kuni Rog‘un GES qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar GES obyektlaridan birida ishlagan “Xokrud” kompaniyasi xodimlari bo‘lgan. 39, 40 va 51 yoshli erkaklar halok bo‘lgan. Hozircha aynan nima bo‘lgani ma’lum emas.

Tarmoqlarda tarqalgan, rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, ishchilar ustiga “platforma” tushib ketgan. Bu esa uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Hodisa yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzilib, tergov harakatlari boshlangan. Stansiya qurilishida avval ham baxtsiz hodisalar kuzatilgan.

2019 va 2020-yillarda “asr qurilish maydonchasi”da 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Biroq Rog‘un GESi mas’ullaridan hech kim javobagrlikka tortilmagan, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar