Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini noqulay ob-havodan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg‘ir hamda yo‘llarda muzlash holatlari respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz, deyiladi agentlik xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi Poytaxt hokimligi fuqarolarni ogohlikka chaqirdi AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
Soʻnggi yangiliklar







