Qozog‘istonda kuydirgi kasalligi avj olmoqda
Qo‘stanay viloyatidagi qishloqda kuydirgi epidemiyasi aniqlangani uchun karantin joriy etildi.
Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyati Prirechnoye qishlog‘ida qoramollarda kuydirgi kasalligi aniqlangani uchun karantin joriy etildi.
Veterinariya boshqarmasi barcha nobud bo‘lgan qoramollar joriy yilning bahorida emlangani va o‘lim boshqa kasallik tufayli yoki kuydirgiga qarshi vaksina reaksiyasi sabab sodir bo‘lganini aytgan. Ammo shunga qaramay, Prirechnoye qishlog‘ida karantin joriy etilgan bo‘lib, epizootiyaga qarshi tadbirlar olib borilmoqda. Fermaga kiraverishda yo‘l to‘sig‘i o‘rnatilgan.
Kuydirgiga qarshi kurashish qoidalariga muvofiq karantin hayvonlarning oxirgi o‘limidan 15 kun o‘tgach, shuningdek, zararlangan hududda barcha veterinariya tadbirlari o‘tkazilgandan keyin bekor qilinadi. Ammo o‘lim sababi boshqa kasallik ekanligi tasdiqlansa, cheklovlar avvalroq bekor qilinishi mumkin.
Veterinariya bo‘limining maʼlum qilishicha, oxirgi besh kun davomida qoramollar o‘limi qayd etilmagan, hayvonlarning umumiy ahvoli qoniqarli, klinik belgilari kuzatilmagan. Vaziyat viloyat va tuman veterinariya xizmatlari nazoratida. Bugungi kunga qadar Respublika epizootiyaga qarshi otryadning Qo‘stanay bo‘limi tomonidan infeksiya o‘chog‘ida mahalliylashtirish va bartaraf etish tadbirlari o‘tkazish ishlari boshlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Qozog‘istonda 4 yoshli bolaning burnidan burama mix olib tashlandi