Qozog‘istonda harorat 10 darajagacha sovib ketishi mumkin
Qozog‘iston markazi va sharqida qor yog‘ishi hamda yo‘llarda muzlash holati kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
Qozog‘iston 12-14-oktyabr kunlari Arktika havo oqimining markazida qoladi, mamlakatning katta qismida qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.
Respublika markazi va sharqida ko‘rish masofasi yomonlashishi, qor yog‘ishi va yo‘llarda muzlash holati kuzatilishi prognoz qilingan. Janubi va janubi-sharqda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda esa qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishini mumkin.
Shuningdek, respublika bo‘ylab shamol kuchayishi, tunda va ertalab tuman tushishi prognoz qilingan. Faqatgina Qozog‘istonning g‘arbiy qismida antisiklon ta’sirida havo kam bulutli bo‘ladi, biroq tunda harorat 5, 10 darajagacha pasayadi.
Qolgan hududlarda tunda harorat 2 va 10 darajagacha soviydi, janubiy hududlarda esa tunda 5, 10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Qozog‘iston shimolidagi Petropavlovsk shahrida esa allaqachon qor yog‘gan.
Мавзуга оид хабарлар:
Telegram Qozog‘istonda ofis ochadi Oʻzbekistonda salqin ob-havo hafta yakuniga qadar saqlanib qoladi “O‘zgidromet” 14-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi 12-oktyabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum qilindi O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat sezilarli darajada pasayadi