3 Sentabr 2024, 13:01 •Jahon
Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha referendum sanasini ma’lum qilindi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda AES bo‘yicha referendum sanasini ma’lum qildi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev xalqqa anʻanaviy murojaatnomasi doirasida mamlakatda atom elektr stansiyalarini qurish boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkaziladigan sanani maʻlum qildi. U 6-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi DW’ning Qozogʻistondagi muxbiri 2 sentabr, dushanba kuni.
Unga koʻra, Toʻqayev atom energetikasiga boʻlgan talabni “global energiya tanqisligi” kuchayishi va Qozogʻistonning “ishonchli va toza energiya manbalariga” shoshilinch ehtiyoji bilan bogʻlagan.
Aniqlik kiritilishicha, Qozogʻiston hukumati kelajakda bir emas, uchta AES qurishni koʻrib chiqmoqda. Qurilish uchun yaroqli joylar orasida mamlakat energetika vaziri Almasadam Satkaliyev avvalroq Balxash koʻli qirgʻogʻi, Irtishdagi Kurchatov shahri va Gʻarbiy Qozogʻistonda oʻrta elektr stansiyasi ishlagan joyni ilgari surgan edi.
2023-yilda Qozogʻiston Energetika vazirligi mamlakatda atom elektr stansiyalarini qurish uchun daʻvogarlar qatorida toʻrt kompaniya borligi haqida maʻlumot tarqatdi. Gap Xitoyning CNNC korporatsiyasi, Janubiy Koreyaning KHNP, Fransiyaning EDF va Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi haqida bormoqda.
Soʻnggi yangiliklar
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19