Qozog‘istonda 4 yoshli bolaning burnidan burama mix olib tashlandi
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jism olti oy bolaning burun bo‘shlig‘ida turgan.

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi shifokorlari 4 yoshli bolaning burnidan burama mixni olib tashladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jism olti oy bolaning burun bo‘shlig‘ida bo‘lgan. Ona farzandini rentgen tekshiruviga olib kelganida begona jism tasodifan aniqlangan.
Burama mixning o‘lchami ikki santimetrga teng. U bolani bezovta qilmagani sababli ota-ona tibbiy yordamga murojaat qilmagan. Shu kunlarda bolaning onasi farzandini rentgen tekshiruvidan o‘tkazishga qaror qildi, deydi shifokor.
Bolaning burnida begona jism aniqlangach, u darhol shifoxonaga yotqizilgan va umumiy narkoz ostida operatsiya qilingan. Jism muvaffaqiyatli olib tashlangan. Hozirda bola o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Bolalar lor shifokori Jandos Bulekeyevning ma’lum qilishicha, viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘limiga har kuni farzandlari turli xil jismlarni yutib yuborgan yoki burun bo‘shlig‘i hamda qulog‘iga kirgizib yuborgan besh va undan ortiq ota-onalar murojaat qiladi.
Bolalar asosan o‘yin vaqtida yoki ovqat yeyishda tangalar, yassi batareyalar, dur, to‘g‘nog‘ich va boshqa ko‘p narsalarni yutib yuborishadi, deya ta’kidlagan shifokor.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi Qozogʻistondagi konda shaxta quladi, qurbonlar bor Xalqaro qidiruvdagi qozog‘istonlik sobiq amaldor O‘zbekistonda ushlandi Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi
Soʻnggi yangiliklar







