Qirgʻiziston “Tolibon”ni terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqardi
Qirgʻiziston “Tolibon”ni 2006-yilda kiritilgan terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqardi.
Qirgʻiziston Bosh prokuraturasi mamlakat hududida sudlar tomonidan faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlarining roʻyxatini eʻlon qildi, deb xabar beradi Anadolu.
Hujjatda 20 ta tashkilot keltirilgan. Ular orasida “Tolibon” yoʻq. Pervomaysk tuman sudining 2006-yil sentabrdagi qarori bilan “Tolibon” Qirgʻizistonda terrorchilik harakati sifatida tan olingan.
Afgʻonistonda yuz bergan soʻnggi oʻzgarishlar sabab, balki, “Tolibon” roʻyxatdan chiqarilgandir. Sizlar batafsil maʻlumot berishi mumkin boʻlgan sud organlariga va roʻyxatni eʻlon qilgan Bosh prokuraturaga murojaat qilishingiz lozim, deydi Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi rahbari oʻrinbosari Azamat Yusupov.
Qirgʻiziston Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi raisining boshqa bir oʻrinbosarining qoʻshimcha qilishicha, Qozogʻistonda ham “Tolibon” terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarilgan. Uning soʻzlariga koʻra, KXShT davlatlari ham ushbu masalani muhokama qilmoqda.
Qirgʻiziston sudlari tomonidan taqiqlangan tashkilotlar qatorida “Al-Qoida”, Sharqiy Turkiston islom harakati, Kurd xalq kongressi, “Hizbut-Tahrir” harakati ham bor.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘izistonliklarning O‘zbekistonda qolish muddatini uzaytirilishi mumkin Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 nafar shaxs ushlandi Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi