11 Sentabr 2024, 16:18 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Qirgʻiziston Prezidenti oʻzbekistonlik boks murabbiyiga Tracker sovgʻa qildi

Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov oʻzbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovgʻa qildi.

Qirgʻiziston Prezidenti oʻzbekistonlik boks murabbiyiga Tracker sovgʻa qildi

Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov 11-sentyabr kuni oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov bilan uchrashib, qirgʻiz bokschisi Munarbek Seyitbek oʻgʻlining Parij Olimpiadasida sovrindor boʻlishiga qoʻshgan hissasi uchun Tracker sovgʻa qildi. Bu haqda Qirgʻiziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Japarov oʻzbek murabbiyining bu harakati Qirgʻiziston va Oʻzbekiston xalqlarining doʻstligi va hamjihatligini koʻrsatib berganini alohida taʼkidlagan.

Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qoʻllab-quvvatlab, birdamlik va doʻstona munosabatlarni namoyon etayotganini butun dunyo koʻrdi, degan Prezident.

Qirgʻiziston rahbari shuningdek, Parijdagi olimpiadada oʻzbekistonlik sportchilar yuqori natija qayd etganini ham taʼkidlagan.

Oʻzbekistonda sportga katta eʼtibor qaratilmoqda. Biz sportchilarimizni soʻnggi uch yil ichida faol qoʻllab-quvvatlay boshladik. Avvallari musobaqalarda ishtirok etish uchun mablagʻ ajrata olmagan holatlarimiz boʻlgan. Hozir davlat vitaminlar bilan taʼminlashgacha boʻlgan barcha zarur sharoitlarni yaratyapti, degan u.

Oʻz navbatida Akmal Hasanov ham qoʻshni mamlakat rahbariga minnatdorchilik bildirib, Munarbek Seyitbek oʻgʻlini sport yigʻinlarida koʻp marta uchratgani, Parijda hech ikkilanmay uning treneri boʻlishga rozilik bildirganini taʼkidlagan.

Mashhur yangiliklar