
14 Aprel 2025, 16:15 •Jahon
Qirgʻiziston Moskvadagi hammomda migrantlar qoʻlga olingani uchun Rossiyaga nota yubordi
Qirgʻiziston tomoni tushuntirish berishni va Qirgʻiziston-Rossiya munosabatlariga putur yetkazuvchi holatlarga yoʻl qoʻymaslikni talab qildi.

Qirgʻiziston hammomda qoʻlga olingan qirgʻizistonliklardan soʻng Rossiya hukumatiga rasmiy nota topshirdi, deb xabar bermoqda Qirgʻiziston TIV matbuot xizmati.
Rossiyaning Qirgʻizistondagi elchisi Sergey Vakunovga Moskvadagi hammom majmualaridan birida qirgʻizistonliklarning qoʻlga olinishi munosabati bilan hukumatning rasmiy diplomatik murojaati topshirildi. Rossiya tomoni fuqarolarga nisbatan kuch ishlatish choralarini tushuntirishga va uni qoʻllash asossiz boʻlsa, chora koʻrishga chaqirildi.
Qirgʻiziston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va Qirgʻiziston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlariga putur yetkazishi mumkin boʻlgan bunday vaziyatning oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish soʻralgan.
Soʻnggi yangiliklar

Toshkentda noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama qurilmalari olib tashlanmoqda
26 Aprel 2025, 16:14
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi vazifalari belgilandi
26 Aprel 2025, 11:42
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
26 Aprel 2025, 10:51
O‘zbekiston birinchi chorakda Xitoyga gaz eksportini 2,5 barobardan ko‘proqqa oshirdi
25 Aprel 2025, 18:49
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
25 Aprel 2025, 16:06
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz rejim tahdid ostida: o‘zbekistonliklar Dubayga kiritilmadi
25 Aprel 2025, 14:03
Shukrullo Isroilovga tegishli avtomobilni olib qochgan yigit qamaldi
25 Aprel 2025, 13:24
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi
25 Aprel 2025, 12:39