O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu davlatdagi fuqarolarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganini e’tiborga olib, o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz, deyiladi murojaatda.
Fuqarolar Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishga chaqirildi. Shuningdek, Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonga o‘rnatib olish so‘raldi.
Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling, deyiladi murojaatda.
Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:
- 03-672-2466
- 03-672-2371
- 03-758-5075
- 03-758-5076
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi O‘zbekiston Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi O‘zbekistonda 10 oyda qancha tug‘ilish qayd etilgani ochiqlandi