O‘zbekiston yaqinida fanga noma’lum dinozavr qoldiqlari topildi
Qirg‘izistonning Toshko‘mir shahri yaqinida yirtqich dinozavr qoldiqlari topildi. Yangi turga “Alpkarakush kyrgyzicus” deb nom berilgan.
Qirg‘iziston va Germaniya olimlari teropodlar guruhiga mansub yirtqich dinozavrlarning yangi turini topdi. Bu haqda “Mir24” xabar bermoqda.
Topilma Qirg‘izistonning g‘arbidagi Toshko‘mir shahri yaqinida qayd etilgan. Yangi turga “Alpkarakush kyrgyzicus” deb nom berilgan. Mazkur nom “Manas” dostonidagi afsonaviy ulkan qush — Alpqoraqush bilan bog‘liq. Bu Qirg‘iziston hududida topilgan birinchi teropod dinozavri hisoblanadi.
Suyaklarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, dinozavrning uzunligi to‘qqiz metrga yaqin. Bosh chanog‘idagi ko‘z kosalari ustida suyak to‘qimasining g‘ayritabiiy o‘sishi qayd etilgan. Bu tur metriakantozavridlar oilasiga mansub deb topildi.
U Sharqiy Osiyoning boshqa yirik yirtqich dinozavrlari bilan yaqin aloqada bo‘lgan.
Paleontologlarning fikricha, metriakantozavrlar va teropodlarning boshqa guruhlari Janubi-Sharqiy Osiyoda vujudga kelgan va keyinchalik Markaziy Osiyo hamda Yevropa orqali boshqa qit’alarga tarqalgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 34 bosh otni noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni 2:3 hisobida mag‘lub etdi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi