O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotir bildirdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqib, O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildirdi.
Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.
Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.
O‘zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor taʼkidlaydi, deyiladi bayonotda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi Oʻzbekiston BMT Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik aʼzoligiga oʻz nomzodini ilgari surdi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Soʻnggi yangiliklar







