O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
Нangi havo yoʻlagi operatorlar uchun vaqt va yonilgʻi sarfini tejash nuqtayi nazaridan juda foydali hisoblanadi.
“Oʻzaeronavigatsiya” markazi va “Tojikaeronavigatsiya” DUK vakillari oʻrtasida Toshkent va Dushanbe havo harakatiga xizmat koʻrsatish hududida oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida bitim imzolandi.
“Tojikaeronavigatsiya” DUK matbuot markazining xabar berishicha , idora ishchi guruhi Oʻzbekistonga tashrif buyurib, “Oʻzaeronavigatsiya” markazi rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston hududidan boshlanib, Tojikiston hududida AGVUT punktida tugaydigan yangi havo yoʻnalishining texnik jihatlarini ham muhokama qildilar.
Xabarda qayd etilishicha, yangi havo yoʻlagi operatorlar uchun vaqt va yonilgʻi sarfini tejash nuqtayi nazaridan juda foydali.
Tojikiston delegatsiyasi oʻzbekistonlik hamkasblariga Tojikiston aeronavigatsiyasining yangi mahsuloti – parvozlarni rejalashtirish avtomatlashtirilgan tizimi hamda PBN (performance based navigation – samolyotlarga istalgan trayektoriya boʻylab parvoz qilish imkonini beruvchi navigatsiya usuli)ni joriy etish natijalarini taqdim etdi.
Bundan tashqari, Tojikiston ishchi guruhi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining oʻquv binosida joylashgan Aeronavigatsiya axboroti xizmati va Oʻquv-mashgʻulot markazida boʻldi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi Rossiyalik trevel-bloger Oʻzbekiston poyezdidagi sayohatni “haqiqiy sinov” deb atadi Tojikiston fuqarolari Rossiyaga bormaslikka chaqirildi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni 2:3 hisobida mag‘lub etdi