4 Sentabr 2024, 14:38 Jahon, Oʻzbekiston

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda kosmosga sun’iy yo‘ldosh uchirmoqchi

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmosga sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda kosmosga sun’iy yo‘ldosh uchirmoqchi

Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri boshchiligidagi delegatsiya 2-3-sentabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan “Raqamli inklyuziya va transformatsiya boʻyicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi”da ishtirok etdi.

Vazirlik axborot xizmatining maʻlum qilishicha, ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J.Madiyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari, shuningdek, raqamli koʻnikmalarni oʻqitishni taʻminlash, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformatsiya boʻyicha mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Raqamli innovatsiyalarni jadallashtirish uchun zarur mintaqaviy hamkorlik rejalariga eʻtibor qaratildi.

Shuningdek, ikki mamlakat ishtirokida kosmosga oʻzaro sunʻiy yoʻldoshlar guruhini uchirish boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini oʻrganish va tahliliy maʻlumotlarni joriy yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab olish muhokama qilindi.

Mashhur yangiliklar