Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
Rossiya poytaxtida 2025 yildan boshlab chet eldan kelgan ishchilar uchun patent miqdori 8,9 ming rublni tashkil etadi.
Moskvada 2025-yildan boshlab chet eldan kelgan ishchilar uchun patent miqdori 8,9 ming rublni tashkil etadi. Bu amalda belgilangan narxlardan 1,5 ming rublga qimmatroq, deydi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin.
Migrantlar soliqlar nuqtayi nazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul toʻlashi — muhim masala. Biz fuqarolarimizning har oylik daromad soliqlari oʻtkazmalaridan kelib chiqamiz va uni shu toifadagi ishchilarniki bilan solishtiramiz. Maʻlumki, ular yuqori malakali insonlar toifasi emas. Bugungi kunda oylik toʻlanadigan patent 7,5 ming rubl boʻlib, uni daromad soligʻi avansi deb hisoblash mumkin. 1-yanvardan boshlab u 8,9 ming rubl boʻladi, deydi Sergey Sobyanin.
Moskva merining soʻzlariga koʻra, bu chora-tadbirlar ish beruvchilarning migrantlar va Rossiya fuqarolari uchun xarajatlarini tenglashtirish imkonini beradi. “Mexanizm ancha oldin ishlab chiqilgan, u migrant ish beruvchiga fuqarolarimizdan koʻra arzonroq tushmasligiga qaratilgan masalani tartibga soladi, deya taʻkidlaydi u.
Sobyaninning qayd etishicha, Moskvada mehnat patentlarini berish boʻyicha sezilarli oʻsish kuzatilmayapti, hozirda bu qariyb 450 mingtani tashkil etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada migrantlar uy ijaraga olishi qiyinlashadi Rossiyada migrantlar uchun imtihon narxlari belgilandi Rossiya migrantlarning mamlakatga kirishini qiyinlashtirmoqchi Moskvadagi vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi Moskva aeroportida O‘zbekiston fuqarosining yuklari ichidan radioaktiv haykalcha topildi