Moskva rus tili fani darsida kuzatilgan holat bo‘yicha Toshkentdan tushuntirish so‘radi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Toshkentdagi maktabda kuzatilgan bo‘yicha O‘zbekistondan tushuntirish so‘ralganini aytdi.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova holat bo‘yicha O‘zbekistondan tushuntirish so‘ralganini aytdi.
Zaxarova video mazmunidan “nihoyatda tashvishlangani”ni bildirdi. U mazkur hodisa yuzasidan Moskva Toshkentdan tushuntirish so‘raganini ta’kidladi.
Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan do‘stona munosabatlarda hech qanday adovatga, ayniqsa, til masalasida o‘rin yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, dedi u.
Mariya Zaxarova Rossiya O‘zbekistondan yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar ko‘rishni so‘raganini aytdi.
Bu masalani diqqat-e’tiborimiz markazida tutamiz, deya xulosa qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi