8 Avgust 2024, 14:23 Jahon

JSST maymunchechak tufayli favqulodda yig‘ilish chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus maymunchechak infeksion kasalligi tufayli favqulodda yig‘ilish chaqirdi.

JSST maymunchechak tufayli favqulodda yig‘ilish chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus maymunchechak tarqalishi fonida xalqaro ekspertlarning favqulodda yig‘ilishini chaqirdi.

Maymunchechak Kongo Demokratik Respublikasi hududidan tashqarida ham tarqalayotgani bois JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi epidemiya sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holatligini aniqlash maqsadida imkon qadar tezroq to‘planadi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat JSST e’lon qilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ogohlantirish hisoblanadi. Bu orqali Tedros Gebreyesus Xalqaro tibbiy qoidalar asosida favqulodda choralar ko‘rish tashabbusini ilgari sura oladi.

Maymunchechak — bu kasallangan hayvonlardan insonga yuqadigan infeksion kasallik. Virus odamdan odamga yaqin jismoniy aloqa orqali yuqishi mumkin.

Ushbu kasallik ilk bor 1970 yilda Kongo Dekoratik Respublikasida aniqlangan bo‘lib, unga chalingan odamlarning tana harorati ko‘tarilib ketadi va mushak og‘riqlari kuzatiladi. 2022 yil mayda maymunchechak bilan kasallanish holati keskin oshib ketgandi.

Mashhur yangiliklar