JSST: Istalgan paytda yangi pandemiya boshlanishi mumkin
Oʻtgan yili Kabodjada qayd etilgan oʻlim holatlari boshqa mintaqalarda ham yangi shtamm oqibatida kuzatilishi bunga yetarli asos.
Bundan salkam 3 oy avval Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyo boʻylab parranda grippi deb ataluvchi H5N1 virusi keng tarqala boshlagani haqida bayonot bilan chiqqandi.
Bunga aprel oyida AQSHda ushbu kasallik insonlarga ham yuqishi bilan bogʻliq ilk holat aniqlangani, koʻp oʻtmay Meksikada insonlar oʻrtasida infeksiyaning yangi — H5N2 shtammidan birinchi oʻlim qayd etilgani sabab boʻldi.
Kuzatuvlarga koʻra, ilgari faqat parrandalar nobud boʻlishiga olib kelgan bu xastalik mutatsiyaga uchrashda davom etyapti. Oqibatda undan sutemizuvchilar turkumiga mansub baʼzi jonzotlar, masalan, qoramollar ham zarar koʻryapti.
Endi xastalik odamlar hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdira boshlagani esa mutaxassislarni jiddiy tashvishga solmoqda. Oʻtgan yili Kabodjada qayd etilgan oʻlim holatlari boshqa mintaqalarda ham yangi shtamm oqibatida kuzatilishi buning uchun yetarli asos.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada boʻlib oʻtgan Hukumatlararo muzokaralar organi yigʻilishida shu haqda toʻxtalib, dunyoda istalgan vaqtda yangi pandemiya boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Buni izohlash uchun parranda grippi epidemiyasining kutilmaganda avj olishini eslatib oʻtdi. Oʻz navbatida, barcha hukumatlarni mazkur virus ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dunyo bo‘ylab tuberkulyozga chalinish holatlari keskin oshdi JSST: Tibbiy niqob maymunchechakdan qutqara olmaydi JSST mpox’ga qarshi kurashishga oid alohida tavsiyalarni tasdiqladi Afrikada maymunchechak sabab favqulodda holat deb e’lon qilindi JSST maymunchechak tufayli favqulodda yig‘ilish chaqirdi