Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlaridan chiqishini ma’lum qildi
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden noyabr oyidagi saylovlarda mamlakat prezidentligi uchun kurashdan chiqishini e’lon qildi. U Kamala Harrisni nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qildi.
Jo Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlarida noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashmaslikka qaror qildi. Bu haqda u 21-iyul kuni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan maktubida ma’lum qildi.
Prezidentingiz sifatida xizmat qilish hayotimdagi eng katta sharafdir. Men qayta saylanish niyatida bo‘lsam-da, o‘z partiyam va mamlakatim manfaatlariga ko‘ra, nomzodimni rad etishim va qolgan muddat davomida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga e’tibor qaratishim kerak deb hisoblayman, dedi 81 yoshli Bayden amerikaliklarga murojaatida.
Hozirda koronavirusdan davolanayotgan Jo Bayden yaqin kunlarda televideniye orqali xalqqa murojaat qilishga va’da berdi.
Shundan so‘ng u navbatdagi xabarni e’lon qildi va vitse-prezident Kamala Harrisni Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatishni taklif qildi.
Bugun men partiyamizdan bu yilgi nomzod sifatida Kamalani to‘liq qo‘llab-quvvatlashimni va ma’qullashimni bildirmoqchiman. Demokratlar, birlashish va Trampni yengish vaqti keldi. Keling, buni qilaylik, deb yozgan Bayden.
Мавзуга оид хабарлар:
Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi Nuriddin Ismoilov Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi Tramp o‘zini AQShning 47-prezidenti deb e’lon qildi Alisher Usmonov Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylanishi mumkin