Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot Anqara aeroportiga favqulodda qoʻndirildi
Bunga samolyot bortida boʻlgan yoʻlovchi oʻzini yomon his qilgani sabab boʻlgan.
Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot Anqara aeroportiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30-oktyabr kuni HY282 reysi boʻyicha Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida boʻlgan yoʻlovchi oʻzini yomon his qilgan. Shu bois samolyot komandiri Anqara xalqaro aeroportiga qoʻnishni soʻragan.
Toshkent vaqti bilan 10:12 da samolyot Anqara shahridagi aeroportga muvaffaqiyatli ravishda qoʻndirilgan. Shundan soʻng tibbiy xizmatlar yoʻlovchini reysdan tushirib, tibbiyot muassasasiga yetkazgan.
Toshkent vaqti bilan 13:20 da samolyot Anqaradan Toshkentga uchib ketdi. Samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga 16:10 da yetib kelishi kutilmoqda, deyiladi “UzAirways” xabarida. Transport vazirligi
Мавзуга оид хабарлар:
Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ikki marta favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi