2 Oktabr 2024, 08:17 •Jahon, Oʻzbekiston
Isroildagi o‘zbekistonliklar shoshilinch ogohlantirildi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni shoshilinch ogohlantirdi.
Isroil davlatida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga hozirgi vaqtdagi intensiv raketa otishmalari munosabati bilan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rish qat’iy tavsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bayonot chiqardi.
O‘zbekiston elchixonasi fuqarolardan quyidagilarni so‘radi:
- Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.
- Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.
- Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.
Shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:
• Favqulodda yordam telefonlari :
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:
054 485 1397
• Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Мавзуга оид хабарлар:
Tel-Aviv – Samarqand – Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi HAMASning Livandagi rahbari halok bo‘ldi O‘zbekiston va Bagama orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi Isroil “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh oʻldirilganini eʻlon qildi O‘zbekiston Liberiya va Togo davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonga Paypal, Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlari kirib keladi
2 Oktabr 2024, 19:24Ayrim iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lov tarifini o‘zi tanlashi mumkin bo‘ladi
2 Oktabr 2024, 18:36Toshkentda yashash uyida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelgan shaxs ushlandi
2 Oktabr 2024, 17:50Fuqaroni aylanma yoʻl bilan AQShga yuborish evaziga 14 ming dollar olganlar ushlandi
2 Oktabr 2024, 17:09Namanganda temiryo‘l ishchilariga har oy 40 kg metallolom olib kelish majburiy ekani aytildi
2 Oktabr 2024, 16:27Samarqandda fuqaroni Qozogʻistondagi OTMga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytgan shaxs ushlandi
2 Oktabr 2024, 15:54Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
2 Oktabr 2024, 15:20Samarqandda KamAZ va 7 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
2 Oktabr 2024, 14:38