Ilk bor Afrikadan tashqarida ham maymunchechak bilan kasallanish aniqlandi
Shvetsiyada Afrikada bo‘lib qaytgan shaxsda maymunchechak infeksiyasi aniqlandi.
Afrika qit’asidan tashqarida maymunchechak (Mpox) bilan kasallanishning birinchi holati aniqlandi. Kasallik Shvetsiyada qayd etilgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash agentligi xabar berdi.
Stokgolmda tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxsda clade I virusi (maymunchechak) tomonidan chaqirilgan chechak tashxisi qo‘yilgan, deyiladi agentlik saytida.
Infeksiya xastalikka chalingan shaxsning maymunchechak keng tarqalgan Afrikaga tashrifida yuqqani aytilmoqda. Hozirda Markaziy Afrika bo‘ylab bir nechta yangi epidemiya o‘choqlari paydo bo‘lgan. Kongo Demokratik Respublikasida kamida 450 kishi kasallikdan halok bo‘lgan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusning aytishicha, Afrika va undan tashqarida epidemiyaning tarqalish ehtimoli “juda xavotirli”. Zarur choralar ko‘rilmasa, maymunchechak Osiyo va Yevropa janubiga tarqalishi mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Keyingi yilda ikkita Quyosh va ikkita Oy tutilishi sodir bo‘ladi O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini beradi Afrikada insoniyat tarixidagi ikkinchi eng katta olmos topildi Sanepidqo‘mita: O‘zbekiston aholisining katta qismi maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitetga ega