3 Oktabr 2024, 08:17 •Jahon, Oʻzbekiston
Ikki aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
Eron ustidagi havo hududi yopilgani sabab ikki aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.
Flynas va Qeshm Air aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2-oktyabr kuni quyidagi reyslar bekor qilindi:
- Flynas aviakompaniyasining KNE633/634 Jidda – Toshkent – Jidda va KNE651/652 Jidda – Namangan – Jidda yo‘nalishida;
- Qeshm Air aviakompaniyasining QSM2143/2142 Tehron – Toshkent – Tehron yo‘nalishida.
Ushbu reyslar haqida batafsil maʼlumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi HAMAS rahbari Ismoil Haniya Tehronda o‘ldirildi
Soʻnggi yangiliklar
Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06