2 Sentabr 2024, 12:03 Jahon

Ibrohim Raisiy vertolyoti qulashi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov yakunlandi

Ichida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotning qulashi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov yakunlaniga yetdi.

Ibrohim Raisiy vertolyoti qulashi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov yakunlandi

Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti yomon ob-havo tufayli halokatga uchragan. Bu haqda mazkur fojiani tergov qilgan komissiyaning yakuniy hisobotida so‘z boradi.

Bortida 63 yoshli prezident Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, shuningdek, Tabriz masjidi imomi Sayid Muhammad Ali al-Hoshim va Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy bo‘lgan vertolyot 19 may kuni Eron shimoli-g‘arbida qulab tushgandi. Eron delegatsiyasi Ozarboyjondan qaytayotgan edi.

Tergov komissiyasi hisobotida keltirilishicha, halokat mintaqadagi murakkab ob-havo sharoiti tufayli yuz bergan. Ya’ni kutilmaganda paydo bo‘lgan qalin tuman oqibatida vertolyot tog‘ bilan to‘qnashib ketgan.

Sud-tibbiy ekspertiza qurbonlarning jasadlarida shubhali moddalar aniqlamagan. Mutaxassislar vertolyotning texnik holatiga oid barcha hujjatlarni o‘rganib chiqib, belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida ta’mirlangan va tekshirilgan degan xulosaga kelgan. Uchuvchilar oldindan belgilangan marshrut bo‘ylab parvoz qilgan va berilgan parvoz yo‘lidan chetga chiqmagan.

Mashhur yangiliklar