Hyundai Rotem O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishi mumkin
Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish taklif qilinayotgan elektropoyezdlarning asosiy texnik xususiyatlari bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi.
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Hyundai Rotem kompaniyasining Global Rail Group rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar zamonaviy elektropoyezdlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yuzasidan fikr almashdi.
Janubiy Koreyaning Korail kompaniyasi tomonidan bugungi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJda mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taklifi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish taklif qilinayotgan elektropoyezdlarning asosiy texnik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganish, takliflarni tahlil qilish va yangi ishlab chiqarish hududlarini ko‘zdan kechirishni kelishib olishdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Mirziyoyev Koreyadan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar xarid qilish bo‘yicha qaror imzoladi