
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Bemorlarning kamida yetti nafari vafot etgan, ammo ularning haqiqiy soni koʻproq boʻlishi mumkin.

Hindistonning Madhya-Pradesh shtati Damoh okrugi rasmiylari oʻzini britaniyalik kardiojarroh sifatida tanishtirib, xususiy shifoxonada operatsiyalar oʻtkazgan shaxsga oid ish yuzasidan tergov boshladi, deb xabar beradi The Indian Express.
Okrug Bolalarni himoya qilish qoʻmitasi prezidenti Dipak Tivari oʻzini britaniyalik karidolog N.Jon Kem sifatida tanishtirgan erkak aslida boshqa boʻlgani, “ishga joylashishda soxta hujjatlardan foydalanib, murakkab operatsiyalarni amalga oshirgani” toʻgʻrisida ayblovni ilgari surmoqda.
Inson huquqlari boʻyicha milliy komissiya aʼzosi Priyank Kanungo holat boʻyicha tergov oʻtkazilishini maʼlum qildi. “Yuragi operatsiya qilingan shaxslar orasida yetti kishining bavaqt oʻlimi bilan bogʻliq holat aniqlandi”, — deb yozadi u X ijtimoiy tarmogʻidagi akkauntiga.
Maʼlumotlarga koʻra, vafot etgan bemorlarning qarindoshlari shifokordan shubhalana boshlaganidan keyin u izsiz yoʻqolgan.
Soʻnggi yangiliklar







