Hindistonda 20 ga yaqin odam noma’lum kasallikdan vafot etdi
O‘lim holatlari chekka Badxal qishlog‘ida qayd etilgan. Hududdagi 200 dan ortiq inson karantinga olingan.

Hindistondagi Jammu va Kashmir ittifoq hududi hukumati 17 kishining oʻlimiga sababchi boʻlgan nomaʼlum kasallik boʻyicha tergov olib bormoqda. Bu haqda mahalliy amaldorlarga tayanib, Press Turust of India agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, chekka Badxal qishlogʻida dekabr oyidan odamlar vafot etishni boshlagan — ularning 13 nafari bolalardir. Oʻtgan hafta qishloq “alohida zonaga” aylantirilgan boʻlib, 200 dan ortiq inson karantinga olingan.
Rajpuri davlat tibbiyot kolleji boshqaruvchisi Amarjit Singx Bxatiyaning maʼlum qilishicha, oʻlim holatlarining barchasida miya va asab tizimiga zarar yetgan. Halok boʻlganlar — uch oilaning aʼzolari.
“Qishki bayramlarni ham kechiktirishga toʻgʻri keldi, birinchi navbatda tibbiy muammoni hal qilish kerak”, deydi Bxatiya.
Federal hukumat sogʻliqni saqlash vaziri Jitendra Singx bilan birgalikda tergovni boshlab yuborgan. Dastlabki tergov natijalariga koʻra, oʻlim holati “infeksiya, virus yoki bakteriya sabab emas, balki zaxarli modda tufayli” yuzaga kelgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi Xitoyda tarqalayotgan virus O‘zbekistonda ham aniqlandi Hindistonda shifoxonadagi yong‘in oqibatida chaqaloqlar halok bo‘ldi Telegram foydalanuvchilari ogohlantirildi Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







