Global ochlik indeksini e’lon qildi
O‘zbekiston mazkur reytingda 5 dan past ball bilan 22-o‘rinni
Global Hunger Index 2024-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksini e’lon qildi. O‘zbekiston reytingda 5 dan past ball bilan 22-o‘rinni egalladi.
Joriy yilgi reytingda 127 ta davlat ishtirok etgan. Reytingda yakuniy ball qanchalik past bo‘lsa, mamlakatda to‘yib ovqatlanmaydigan fuqarolar soni shunchalik kam bo‘ladi. Tadqiqot to‘rtta mezon: 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ozib ketish holatlari, bo‘yi o‘sishdan to‘xtashi, o‘limi va aholining to‘yib ovqatlanmasligi inobatga olinadi.
Reytingda 5 balldan kam to‘plagan 22 ta davlat yetakchilik qildi. Ular qatorida O‘zbekiston ham bor. Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekistonda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 6,5 foizi to‘yib ovqatlanmaslik tufayli bo‘y o‘sishidan orqada qolmoqda, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 2,4 foizi ozg‘in, 1,3 foizi esa besh yoshga to‘lguncha vafot etmoqda.
Markaziy Osiyoning qolgan respublikalari quyidagi o‘rinlarni egalladi:
- Qozog‘iston – 5,3 ball 25-o‘rin;
- Qirg‘iziston – 6,8 ball 36-o‘rin;
- Turkmaniston – 9,5 ball 50-o‘rin;
- Tojikiston – 13,7 ball 65-o‘rin.
Ushbu mamlakatlarning deyarli barchasi ocharchilik darajasi “past” bo‘lganlar qatorida, faqat Tojikiston “o‘rtacha” toifada.
Ochlik muammosi bo‘lmagan top-10 mamlakat qatoriga Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili, Xitoy, Kosta-Rika, Xorvatiya, Estoniya, Gruziya, Vengriya, Quvayt kiradi. Ocharchilik yuqori davlatlarga Janubiy Sudan, Burundi, Somali, Yaman, Chad kiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kosmik fazoni tadqiq qilish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi O‘zbekiston futzal milliy jamoasi FIFA reytingida 10 pog‘ona pastladi O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatdan elektromobil import qilgan? O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi