7 Oktabr 2024, 13:11 •Jahon
Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi
Erondagi barcha reyslar 6 oktyabr kuni kechqurundan ertasi kunigacha bekor qilindi.
Eron hukumati havo qatnovini yana toʻxtatdi. Butun mamlakat boʻylab parvozlar 6-oktyabr, yakshanba kuni soat 21.00 dan (Toshkent vaqti bilan 22.30) bekor qilindi. Taqiq 7-oktyabr kuni ertalab soat 6.00 (Toshkent vaqti bilan 7.30)gacha amal qiladi, deb xabar bermoqda Eronning Mehr va Isna agentliklari fuqaro aviatsiyasi idorasi vakiliga tayanib.
Bu choraga sabab sifatida “operativ cheklovlar” keltirilmoqda. Qoʻshimcha tushuntirish berilmagan.
Tehron 2-oktyabr kuni Isroilga hujumidan keyin ham xuddi shunday choralar koʻrgan edi. Eron ustidagi havo hududi 48 soatga yopildi. Bundan tashqari, taqiq olib tashlanganidan keyin ham Tehronga va undan xalqaro reyslar amalga oshirilmadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Germaniyadagi Eronning barcha bosh konsulxonalari yopilmoqda Eron havo hududi yopilgani sabab bir qancha aviareyslar yo‘nalishini o‘zgartirdi Isroil Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumlarini uyushtirdi Eron Saudiya Arabistoniga urush bilan tahdid qildi Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab Telegram faoliyatida uzilishlar bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24