21 Avgust 2024, 08:17 Jahon

Dunyodagi eng keksa ayol 117 yoshida vafot etdi

Fuqarolik urushi va ispan grippini boshdan o‘tkazgan, dunyodagi eng keksa ayol 117 yoshida vafot etdi.

Dunyodagi eng keksa ayol 117 yoshida vafot etdi

Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa ayol sifatida kiritilgan ispaniyalik Mariya Branyas Morera 117 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Marhumaning qarindoshlarini aytishicha, Moreraning joni uyqudalik paytida uzilgan. U oxirgi 20 yildan beri qariyalar uyida yashab kelayotgan, shu yilning mart oyida o‘zining 117 yoshnini nishonlagan edi. O‘limidan oldin ayol o‘zida xolsizlikni sezayotganini aytgan. «Vaqt yaqinlashib qoldi. Yig‘lamanglar, men ko‘z yoshlarni yaxshi ko‘rmayman. Va, eng avvalo, meni deb azob chekmanlar», — degan ayol.

Mariya Branyas Morera 1907 yilning 4 mart sanasida San-Fransiskoda dunyoga kelgan, biroq sakkiz yoshida oilasi bilan Kataloniyaga ko‘chib kelgan va butun umr shu yerda qolgn. U ispan grippi, Ispaniyada fuqarolar urushini boshdan o‘tkazgan.

Morera Joan Morera ismli shifokorga turmushga chiqib, undan uch farzandni dunyoga keltirgan. 1976 yilda beva qolgan, keyinroq esa farzandlarining biridan ayrilgan — yagona o‘g‘li Avgusta vafot etgan. 2023 yilning yanvarida Ginnesning rekordlar kitobi Morerani dunyodagi eng keksa ayol sifatida tan olgan edi.

Mashhur yangiliklar