28 Sentabr 2024, 14:08 Jahon

Dog‘istonda “zapravka” portlashi oqibatida10 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy manbalarga ko‘ra, vayronalar ostida odamlar qolgan, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Dog‘istonda “zapravka” portlashi oqibatida10 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 27 sentyabr kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi yonilg‘i quyish shoxobchasida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi halok bo‘lgan. Bir necha kishi jarohatlangan. Mahalliy manbalarga ko‘ra, vayronalar ostida odamlar qolgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Dog‘istondagi yong‘inni lokalizatsiya qildi, deb xabar berdi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

FVVning ma’lum qilishicha, yonilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘inga gaz ballonining portlashi sabab bo‘lgan. Portlash joyida 10 dan ortiq tez yordam brigadasi ishlamoqda.

Mashhur yangiliklar