9 Aprel 2025, 11:38 Jahon

Bolalar savdosi uchun sudlangan oʻzbekistonlik AQSHdan deportatsiya qilindi

Erkak bolalar jinsiy savdosi boʻyicha uchta modda boʻyicha aybdor deb topilgan.

Bolalar savdosi uchun sudlangan oʻzbekistonlik AQSHdan deportatsiya qilindi

AQSHdan bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotishda ayblangan oʻzbekistonlik deportatsiya qilindi, deb xabar bermoqda AQSH Immigratsiya politsiyasi matbuot xizmati.

Erkak bolalar jinsiy savdosi boʻyicha uchta modda boʻyicha aybdor deb topildi. U jazo muddatini oʻtab boʻlgach, ICE xodimlari hamrohligida Finiksdan deportatsiya qilindi.

AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi Know2Protect milliy axborot kampaniyasini amalga oshirishni davom ettirmoqda. Uning maqsadi bolalar, oʻsmirlar, ota-onalarni internetdagi jinsiy zoʻravonlik va ekspluatatsiyadan xabardor qilish va himoya qilishdir, — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, jizzaxlik oilaviy shaxs qizlarni Rossiyaga sotib, fohishalik bilan shugʻullangan. Erkak odam savdosi bilan shugʻullangani uchun sudlangandi.

Mashhur yangiliklar