Argentinada soliq xizmati tugatildi
Argentinada soliq xizmati – Davlat daromadlari boʻyicha federal idora (AFIP) tugatildi.
Argentina hukumati mamlakatda soliq xizmati – Davlat daromadlari boʻyicha federal idora (AFIP) tugatilib, uning oʻrniga “soddalashtirilgan” Daromadlar va bojxona agentligi tashkil etilishini eʻlon qildi.
Yangi agentlik soliq yigʻish va bojxona monitoringi sohasidagi funksiyalarnigina saqlab qoladi. Shtat birliklari soni uchdan bir qismga kamaytiriladi.
Argentina prezidenti maʻmuriyatiga koʻra, AFIPʻni tugatish “argentinaliklarning iqtisodiy va tijoriy erkinligiga toʻsiq boʻlib kelayotgan keraksiz byurokratiyani yoʻq qilish uchun” kerak.
Prezident matbuot kotibi Manuel Adornining izohlashicha, AFIP uzoq yillar davomida siyosiy tashkilot sifatida faoliyat yuritgan va koʻplab argentinaliklarni “axloqsiz ravishda taʻqib qilish” bilan shugʻullangan.
Har bir argentinalikka tegishli boʻlgan narsa faqat uniki, boshqa hech kimga tegishli emas. Hech bir idoraga argentinalikka oʻz mulki bilan nima qilish kerakligini aytish huquqi berilmasligi kerak, degan Adorni.
3000 dan ortiq AFIP xodimlari avvalgi hukumat tomonidan “noqonuniy yollangani” uchun ishdan boʻshatiladi. Bu esa yiliga 6,4 milliard peso (taxminan 6,5 mln dollar)ni tejash imkonini beradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Tovarlarini elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliqlar oshirilishi mumkin O‘zbekistonda ayrim turdagi soliq stavkalari oshiriladi O‘rta tadbirkorlik sub’yektlari 9 oyda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi