28 Sentabr 2024, 11:09 •Jahon
Aqtoʻbeda o‘z ichki organlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatida yashovchi fuqaro oʻzining ichki organlarini 9 million tengega (18,8 ming dollar) sotishga urindi.
Aqtoʻbe viloyati prokuraturasi maʻlumotlariga koʻra, xodimlar internet makonini monitoring qilish davomida qozogʻistonlik fuqaroning oʻz ichki organlarini sotish boʻyicha noqonuniy kelishuvga erishmoqchi boʻlganidan xabar topgan.
25 sentabr kuni prokuratura tashabbusi bilan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida oʻzining ichki organlarini jami 9 million tengega sotish boʻyicha noqonuniy bitim tuzmoqchi boʻlgan fuqaro Y. ushlandi, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qozogʻistonda 5 sentabrdan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kirgan, uning doirasida Jinoyat kodeksiga jinoyatlarning yangi toifasi — odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar, shuningdek, “jinsiy xarakterdagi boshqa xizmatlar” degan yangi tushuncha kiritilgan.
Soʻnggi yangiliklar
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19